21/07/2025

2025-yilning yanvar-iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hissasiga jami qurilish ishlari hajmining 55,8 % i to‘g‘ri kelib, 2024-yilning mos davriga nisbatan 2,5 % ga ko‘paydi. Shuningdek, ular hissasiga to‘g‘ri kelgan qurilish ishlari hajmi 2024-yilning mos davriga nisbatan 111,1 % ni tashkil etgan holda 2 578,4 mlrd so‘m miqdorida qayd etildi.