25/07/2025

Joriy yilning 25-iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida tizim xodimlari uchun qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini yetkazish maqsadida seminar o‘tkazildi.

Unda Statistika boshqarmasi rahbariyati, bo‘lim boshliqlari hamda masofaviy videoaloqa orqali hududiy statistika bo‘limi xodimlari qatnashdi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat boshqaruvi tizimida samaradorlik, proaktivlik va natijadorlikni oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 2025-yil 14-iyul kungi PF-111-son Farmonining mazmun-mohiyati to’g’risida tushintirishlar berildi.

Seminar so‘nggida ishtirokchilari fikr va mulohozalarini bildirib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarini berdi va javoblar oldi.