2025- yil yanvar-iyun oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha toifadagi xo‘jaliklardan 34,9 ming tonna kartoshka yetishtirildi. O‘sish sur’ati 2024- yilning mos davriga nisbatan 104,4 % ni tashkil etdi. Kartoshka yetishtirish koʻrsatkichlarini xoʻjalik toifalari boʻyicha tahlil qilar ekanmiz, kartoshka yetishtirishning eng katta hajmi - 23,1 ming tonna dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida qayd etilganligini taʼkidlash lozim.