Joriy yilning 13-avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi boshlig‘i T.Ganiev Bo‘zatov tumanida xizmat safarida bo‘lib, tuman statistika bo‘limi boshlig‘i A. Tursimuratov bilan birgalikda 1- dehqon va tomorqa xo‘jaligi bo‘yicha tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi.
Kuzatuvda olingan ma’lumotlarga asosan qishloq xo‘jaligi ekin ekilgan maydonlari, chorva mollari va parrandalar bosh soni, yetishtirilgan dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar shakllantiriladi.