15/08/2025

Joriy yilning 15-avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazishda ortiqcha sarf-xarajatlarni qisqartirish va yoshlar tarbiyasiga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish boyicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Yig‘ilishda boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari Omarov Kamalatdin Tajibaevich so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasida isrofgarchilikni kamaytirish, odob-axloq qoidalariga amal qilish va yoshlarni milliy qadriyatlarga sodiq, ma’naviy barkamol etib tarbiyalashga qaratilgan ishlar muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Qayd etilishicha, to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarda ortiqcha dabdaba, isrofgarchilik holatlari hanuz uchramoqda. Bu esa oilaviy byudjetga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, ayrim hollarda qarzdorlikka sabab bo‘lishi mumkin. Shu munosabat bilan jamoatchilik, mahalla faollari, mas’ul tashkilotlar va imom-xatiblar bilan hamkorlikda targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish lozimligi alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida yoshlar tarbiyasida ota-ona mas’uliyatini oshirish, ularni milliy an’analarimiz ruhida kamtarinlik, tejamkorlik va o‘zaro hurmat asosida voyaga yetkazish zarurligi aytib o‘tildi.

Yigi‘ilishda to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarda ortiqcha dabdaba, isrofgarchilik holatlarini qisqartirish yuzasidan boshqarma xodimlarining faolligini oshirish, o‘zlari bu qoidalarga amal qilishlari shartligi to‘g‘risida to‘xtaib o‘tildi.