Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2025- yilning yanvar-iyul oylari davomida respublikamizda 18 917 ta kichik tadbirkorlik subyekti (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etildi.
Ularning soni iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha:
savdo sohasida – 6 936 ta
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 2 569 ta
sanoat sohasida – 2 512 ta
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 1 351 ta
qurilish sohasida – 1 473 ta
axborot va aloqa sohasida – 401 ta
tashish va saqlash sohasida – 818 ta
sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida – 426 ta
boshqa sohalarda – 2 431 ta