2025- yilning yanvar-iyul oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasining import hajmi 158 743,6 ming AQSH dollariga yetdi. Bu ko‘rsatkich 2024- yilning mos davriga nisbatan 10,5 % ga ko‘paydi.
Import tarkibida eng katta ulush, mashinalar va transport asbob-uskunalari (42,5 %), nooziq-ovqat xomashyo, yoqilgʻidan tashqari (15,2 %) hamda sanoat tovarlari (16,4 %) hisobiga to‘g‘ri keldi.