15/09/2025

Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2025- yil 1- sentabr holatiga respublikamizda chet el investitsiyasi ishtirokida 186 ta korxonalar faoliyat yuritmoqda.

Shundan 71 tasi qo‘shma va 115 tasi xorijiy korxonalardir.

Ular tarmoqlar kesimida tahlil qilinganda, eng yuqori ulushi 50,5 % - sanoat sohasiga to‘g'ri kelgan.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ular quyidagicha:

sanoat sohasida – 94 ta;

savdo sohasida – 36 ta;

qurilish sohasida – 15 ta;

qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 12 ta;

yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 4 ta;

axborot va aloqa – 3 ta;

tashish va saqlash sohasida – 3 ta;

sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida – 3 ta;

boshqa sohalarda – 16 ta.