Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–iyul oylarida jami 1,7 ming nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Yaponiyaga safar qilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 663 nafarga yoki 1,6 martaga oshgan.
Joriy yilning 7 oyida Yaponiyaga borgan O‘zbekiston fuqarolari safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha:
sayohat – 1 407 nafar
qarindoshlarni yo‘qlash – 196 nafar
o‘qish – 103 nafar
xizmat yuzasidan – 28 nafar
davolanish – 4 nafar