Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2025-yil yanvar-avgust oylarida respublikada aholi jon boshiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 10 296,7 ming so‘mni tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 10,4 % ga o‘sdi.