2025-yil 23-sentabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida tizim xodimlari uchun huquqiy bilimlarni oshirishga qaratilgan seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF-173-sonli Farmonining mazmun-mohiyati keng tushuntirildi.
Seminar davomida mazkur Farmon aholining demografik va ijtimoiy-iqtisodiy holati, yashash darajasi va farovonligi, qishloq xo‘jaligining ahvoli va tarkibi, shuningdek, aholining ijtimoiy ahamiyatga molik asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini baholash imkonini beruvchi ma’lumotlar bazasini shakllantirish zaruratidan kelib chiqqan holda qabul qilinganligi ta’kidlandi.
Shuningdek, ro‘yxatga olish tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni yuqori darajada tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berildi.
Seminar yakunida ishtirokchilarga ro‘yxatga olish natijalari nafaqat hozirgi davr, balki kelajak avlodlar uchun ham barqaror rivojlanish poydevorini yaratishda muhim ahamiyatga ega ekanligi alohida qayd etildi.
Tadbir so‘ngida ishtirokchilar o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar oldilar.