26/09/2025

Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra,  2025-yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonga 26 ta xorijiy davlatlardan qiymati 65,6 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 317,1 ming dona muzlatkich va sovitkich import qilingan.

7 oyda O‘zbekistonga eng ko‘p muzlatkich va sovitkich yetkazib bergan davlatlar:

Xitoy — 205,8 ming dona

Rossiya — 49,2 ming dona

Turkiya — 28,8 ming dona

Ukraina — 12,2 ming dona

Qozog‘iston – 11,3 ming dona

Tailand — 4,3 ming dona

Indoneziya — 1,7 ming dona

Belarus — 1,5 ming dona

Boshqa davlatlar — 2,3 ming dona