Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–iyul oylarida jami 1,5 mln nafar Qozog‘iston fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 620,7 ming nafarga yoki 39,3 %ga oshgan.
Mazkur davrda O‘zbekistonga tashrif buyurgan Qozog‘iston fuqarolarining safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
qarindoshlarni yo‘qlash – 1 246,8 ming nafar;
xizmat yuzasidan – 111,5 ming nafar;
sayyohlik – 102,9 ming nafar;
davolanish – 4,9 ming nafar.
tijorat – 0,3 ming nafar;
o‘qish – 0,1 ming nafar;