30/09/2025

Joriy yilning 30-sentabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tizimda uzoq yillardan buyon samarali mehnat qilib kelayotgan xodimlar sharafiga bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirni boshqarma boshlig‘i Ganiev Temirbay Turg‘anbaxievich ochib berib, o‘z nutqida barcha mehribon, zahmatkash va fidoyi ustozlarni, jumladan, statistika tizimida yillar davomida mehnat qilib, yoshlarga o‘z kasb sir-asrorlarini o‘rgatib kelayotgan tajribali xodimlarni kasb bayrami bilan samimiy tabrikladi.

Tadbir so‘ngida faxriy xodimlarga esdalik sovg‘alari topshirildi va ular faoliyatidagi yuksak mehnati uchun minnatdorchilik bildirildi.

Ushbu bayram munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi barcha ustoz va murabbiylarga mustahkam sog‘lik, oilaviy tinchlik va omonlik, kelgusi faoliyatlarida esa yuksak muvaffaqiyatlar tilaydi. Ishonchimiz komilki, oldimizdagi vazifalar bundan-da samarali amalga oshiriladi, hayotimiz esa yanada mazmunli bo‘ladi.