18/09/2025

Joriy yilning 18-sentabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida “El-yurt taqdiriga laqaydlik, mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik va korrupsiya kabi illatlarga barham berish — bugunning dolzarb vazifasi” bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yigʻilishni boshqarma boshligʻi Ganiev Temirbay Turg‘anbaxievich kirish so‘zi bilan ochib berdi, kun tartibidagi mavzularga to‘xtalib o‘tib, so‘zni boshqarma bosh yuriskonsulti A.Masheripovaga berdi. A.Masheripova kun tartibidagi mavzuga oid quyidagi ma’lumotlarni o‘qib eshittirdi.

El-yurt taqdiriga laqaydlik, mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik va korrupsiya jamiyatimiz taraqqiyotiga jiddiy to‘siq bo‘lib qolmoqda. Shu sababli ularni barham etish nafaqat ma’naviy-ma’rifiy masala, balki davlat siyosati darajasida hal qilinishi lozim bo‘lgan masala.

Korrupsiya — bu faqat pora emas, bu kelajakka xiyonatdir. Bugun korrupsiyani faqat "pul olish" deb tushunish juda soddalik bo‘ladi. Korrupsiya — bu: qonunni ataylab buzish, haq bo‘lmagan narsani olish, boshqalarning imkoniyatini tortib olish. Korrupsiya sababli: halol ishlovchi odamda ishonch yo‘qoladi, yoshlar: “To‘g‘ri yo‘l bilan yursa bo‘lmaydi” degan fikrga boradi, davlatga ishonch yemiriladi. Shu sababli O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni (2017-yil 3-yanvar) qabul qilingan. Unga ko‘ra

Ammo bu qonun faqat qog‘ozda qolmasligi kerak. Har bir rahbar, muallim, yosh yigit-qiz o‘z yuragida bu qonunni tirik tutishi kerak.

Korrupsiya masalasi dunyo miqyosida hal etilishi lozim boʻlgan eng asosiy global muammolardan biridir. Bu muammo har qanday davlat va jamiyatning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadigan, inson huquq va erkinliklarining poymol boʻlishiga olib keladigan salbiy illatdir. Shuning uchun ham bugungi kunda korrupsiyaga qarshi kurash masalasi xalqaro ahamiyat kasb etib, jahon siyosatining muhim masalalari qatoridan joy oldi.

Nazariy talqin etganda korrupsiya – davlat funksiyasini bajarish topshirilgan xizmatchilarning oʻz xizmat mavqyei va egallab turgan mansabi hamda u bilan bogʻliq boʻlgan obroʻsidan shaxsiy boylik orttirish maqsadida yoki bir guruh shaxslarning manfaatlari yoʻlida gʻaraz maqsadlarda foydalanishdan iborat boʻlgan hokimiyatga putur yetkazishda ifodalangan jamiyat uchun xavfli hodisadir. Shuning uchun ham adabiyotlarda “Davlat funksiyalarini bajarish vakolatiga ega boʻlgan shaxslarning gʻayriqonuniy tarzda moddiy va boshqa boyliklar, imtiyozlarni olishda oʻz maqomi va u bilan bogʻliq imkoniyatlardan foydalanishi”, deb ta’kidlanadi.

«Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida»gi qonunning 9-moddasida bizning bu boradagi huquqlarimiz kafolatlangan. Qununga koʻra, jismoniy va yuridik shaxslarning korrupsiyaga oid huquqbuzarlik faktlariga doir murojaatlar toʻliq, xolisona va oʻz vaqtida koʻrib chiqiladi. Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisida axborot bergan shaxslarning himoya qilinishi ta’minlanadi.

Soʻnggi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ishlar mutlaqo yangi bosqichga koʻtarildi. Prezidentimiz tashabbusi bilan butun mamlakatda tom ma’noda korrupsiyaga qarshi urush e’lon qilindi. Shu sababli loqaydlik, befarqlik, ikkiyuzlamachilik, tovlamachilik, firibgarlik, urugʻ-aymoqchilik, tanish-bilishchilik, poraxoʻrlik kabi illatlarning sodir etilishiga qarshi kurashda barchaning faolligi yaqqol koʻzga tashlanmoqda. Shu ma’noda joylarda va ta’lim muassasalarida korrupsiyaga oid tadbirlar, turli tanlovlar har yili oʻtkazilib kelinmoqda. Mamlakatimizning kelajagini va obroʻ-e’tiborini qadrlaydigan har bir vijdonli fuqaro bu kabi tahdidlarni esda tutmogʻi darkor. Halol mehnat qilish, oʻz bilimi, kuch-gʻayrati va ijodiy qobiliyatini sarflash uchun barqaror shart-sharoit boʻlishini istaydigan, farzandlari va yaqin kishilari kelajakda ham demokratik, fuqarolik jamiyatida sivilizatsiyalashgan bozor munosabatlarining samaralaridan toʻla-toʻkis foydalanishni orzu qiladigan har bir fuqaro, korrupsiya yoʻliga oʻz vaqtida zarur toʻsiq qoʻyilmasa, bu illatlar qanday ayanchli oqibatlarga olib kelishini anglash qiyin emas. Biz korrupsiya balosiga birgalikda, ahillik bilan, dadil qadamlar ila kurashmogʻimiz zarur.