06/10/2025

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar–avgust oylarida yirik korxonalar tomonidan 800,1 mln litr gazli va gazsiz mineral suvlar ishlab chiqarilgan.

Bu koʻrsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 27,2 % ga oshgan.

Soʻnggi yillarning yanvar–avgust oylarida ishlab chiqarish hajmi:

— 2023-yil – 380,3 mln litr;

— 2024-yil – 629,1 mln litr;

— 2025-yil – 800,1 mln litr.