Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonda 35,4 trln so‘mlik yakka tartibdagi uy-joy qurish ishlari bajarilgan. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davri bilan solishtirilganda 13,3% ga oshgan.
Shuningdek, barcha turdagi korxona va tashkilotlar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmida yakka tartibdagi uy-joylarni qurish bo‘yicha bajarilgan ishlar ulushi 18,8% ni tashkil etdi.