10/10/2025

    Joriy yilning 10-oktabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida tizim xodimlari uchun qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini etkazish maqsadida seminar o‘tkazildi.

Seminarda davlat organlari va tashkilotlarida halollik va shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan muhim huquqiy asoslardan biri bo‘lgan Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonunining mazmun-mohiyati haqida tushuntirildi.

Shuningdek, seminar ishtirokchilariga uhbu qonunning maqsadi, qonun kimlarga tatbiq etilishi, Manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelganda qanday harakat qilinishi, Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha choralar, Manfaatlar toʻqnashuviga oid hollarga nisbatan koʻriladigan choralar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. 

Seminar so‘nggida ishtirokchilar fikr va mulohozalarini bildirib, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.