O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi PF-173-sonli Farmoniga ko‘ra 2026-yilning 15-yanvaridan 28-fevraliga qadar mamlakatimizda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlari o‘tkaziladi va ushbu tadbirga hududlardagi “mahalla yettiligi” xodimlari jalb etilishi ko‘zda tutilgan.
Farmon ijrosi yuzasidan joriy yilning 20-25-oktabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi tomonidan barcha shahar va tuman, mahalla yettiliklari uchun amaliy seminarlar tashkil etildi.
Seminar davomida statistika idoralari xodimlari, oliy ta’lim muassasalaridan jalb qilingan professor o‘qituvchilar tomonidan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati, savolnoma shakllari, savolnomalarni to‘ldirish bo‘yicha tushunchalar berildi.