14/11/2025

2025- yil yanvar-sentabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha toifadagi xo‘jaliklardan 6,7 ming tonna uzum yetishtirildi.  O‘sish sur’ati 2024- yilning mos davri bilan solishtirganda 110,8 % ni tashkil etdi.

Uzum yetishtirish koʻrsatkichlarini xoʻjalik toifalari boʻyicha tahlil qilar ekanmiz, uzum yetishtirishning eng katta hajmi – 4,3 ming tonna dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida qayd etilganligini taʼkidlash lozim.