Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2025-yilning yanvar-oktabr oylarida 66 ta xorijiy davlatdan qiymati qariyb 330 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 252,7 ming tonna qog‘oz va karton import qilingan.
Import hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 48,9 ming tonnaga oshgan.
2025-yilning 10 oyida O‘zbekistonga eng ko‘p qog‘oz va karton yetkazib bergan davlatlar:
Rossiya – 112,2 ming tonna;
Xitoy – 91,9 ming tonna;
Germaniya – 10,1 ming tonna;
Belarus – 8 ming tonna;
Finlyandiya – 6,2 ming tonna;
Boshqa davlatlar – 24,2 ming tonna.




