28/11/2025

Joriy yilning 28-noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasida tizim xodimlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati, maqsadi va ahamiyatiga bag‘ishlangan tadbir tashkil qilindi.

Tadbir davomida Konstitutsiyaning asosiy mazmuni, maqsad va vazifalari, ayniqsa, inson huquqlariga oid eng muhim kafolatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Unda inson huquq va erkinliklari har bir shaxsga tug‘ilganidan boshlab tegishli ekani, insonning sha’ni va qadr-qimmati daxlsizligi, shuningdek, hech kimga uning roziligisiz qonunchilikda belgilanganidan ortiq majburiyat yuklatilishi mumkin emasligi ta’kidlandi. Shuningdek, har bir shaxs o‘ziga doir ma’lumotlarning himoya qilinishiga bo‘lgan huquqqa egaligi qayd etildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, ularni qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldi.