Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-sentabr oylarida respublika bo‘ylab jami 46 990 ta turar joy va yotoqxonalar foydalanishga topshirilgan.
Ularning 31 273 tasi qishloq joylarga to‘g‘ri keladi.
Ishga tushirilgan obyektlar soni yuqori bo‘lgan hududlar quyidagicha:
— Namangan viloyati – 7 905 ta
— Toshkent viloyati – 4 878 ta
— Surxondaryo viloyati – 4 382 ta
— Buxoro viloyati – 3 930 ta
— Andijon viloyati – 3 909 ta
— Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 3 689 ta
— Farg‘ona viloyati – 3 549 ta




