11/12/2025

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil noyabr oyida erkaklar sartaroshxonalari xizmatlari narxlari oktabr oyiga nisbatan, ya’ni bir oyda o‘rtacha 0,5 foizga qimmatlashgan.

Ushbu turdagi xizmatlar narxi yil boshidan buyon 8,9 foizga, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan esa 9,6 foizga oshgani kuzatilgan.

Ayollar sartaroshxonalari xizmatlari narxlari esa o‘tgan oyda 0,6 foizga, yil boshidan beri 6,4 foizga, 2024-yilning shu davriga nisbatan esa 7,8 foizga qimmatlashgan.