16/12/2025

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlarini sifatli, puxta va belgilangan muddatlarda tashkil etish va o‘tkazishni ta’minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasining shahar va tumanlarida faoliyat yuritib kelayotgan fermerlar kengashi a’zolari uchun seminar-trening tashkil etildi.

Savolnomalarda duch kelish bo‘lgan xatoliklarning oldini olish, ma’lumotlarning aniqligi va ishonchliligini ta’minlash, elektron va qog‘oz shakllar bilan ishlashda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar muhokama qilindi.