17/12/2025

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 1-dekabr holatiga respublikamizda chet el investitsiyasi ishtirokida 17 900 ta korxona faoliyat yuritmoqda.

Shundan 4 228 tasi qo‘shma, 13 762 tasi esa xorijiy korxonalardir.

 

Ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha:

 

− savdo sohasida – 6 403 ta;

− sanoat sohasida – 3 706 ta;

− qurilish sohasida – 1 389 ta;

− axborot va aloqa sohasida – 1 377 ta;

− yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 737 ta;

− tashish va saqlash sohasida – 586 ta;

− qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 447 ta;

− sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida – 209 ta;

− boshqa sohalarda – 3 046 ta.