Joriy yilning 14-yanvar kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Statistika boshqarmasida “14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbir avvalida boshqarma boshlig‘i Ganiyev Temirbay Turg‘anbaxievich so‘zga chiqib, boshqarma jamoasidagi mard va fidoyi o‘g‘lonlarni ushbu qutlug‘ sana — Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etdi.




