29/01/2026

Barchamizga ma’lumki, joriy yilning 15- yanvar sanasidan boshlab yurtimizda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlariga rasman start berildi. Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan ushbu jarayonda faollik ko‘rsatib, so‘rovnomani onlayn tarzda to‘g‘ri va to‘liq to‘ldirgan fuqarolar o‘rtasida tanlov e’lon qilingan edi. Tanlov natijasiga ko‘ra Xo‘jayli tumani "Sarichungil" mahallasi fuqarosi Shamuratova Feruza Saburovna g‘olib deb topildi va zamonaviy planshet egasiga aylandi.

Joriy yilning 28-yanvar kuni Xo‘jayli tumani hokimligida ushbu mukofot Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashining qo‘mita raisi Sh.O‘temisov, statistika boshqarmasi boshlig‘i T.Ganiyev va tuman hokimi J.Ermashev ishtirokida tantanali ravishda topshirildi.

Shundan so‘ng, tegishli sohalar bilan hamkorlikda barcha ishtirokchilarga xalqimizning aholi va qishloq xo‘jaligini  ro‘yxatga olishda faolligini yanada oshirish va ma’lumotlarni e’tibor bilan to‘ldirish bo‘yicha bir qancha topshiriqlar berildi.