30/01/2026

Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilayotgan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri doirasida onlayn ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar o‘rtasida navbatdagi sovrindor aniqlandi!

Savolnomani to‘g‘ri va to‘liq to‘ldirgan ishtirokchilar orasida o‘tkazilgan tasodifiy tanlov (random) natijasiga ko‘ra,

Kudasova Gulnara Tazabayevna

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Mo‘ynoq tumani

g‘olib deb topildi!

Bugun g‘olibimizga planshet va faxriy yorliq tantanali ravishda topshirildi. Sovg‘alarni tuman hokimi B. Menlibekov shaxsan taqdim etdi.

Eslatib o‘tamiz:

Ayni paytda O‘zbekistonda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayoni davom etmoqda.

Siz ham onlayn ro‘yxatdan o‘ting, yurt taraqqiyotiga hissa qo‘shing va qimmatbaho sovg‘alar sohibi bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

Faol ishtirok eting — omad siz tomonda bo‘lishi mumkin!