23/01/2026

Tadbirda Statistika boshqarmasi rahbariyati, bo‘lim boshliqlari hamda masofaviy videoaloqa orqali hududiy statistika bo‘limi xodimlari qatnashdi.
Bo‘lib o‘tgan yig‘ilish davomida "O‘zbekiston - 2030" strategiyasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlarni yanada takomillashtirish masalalari keng muhokama qilindi.

Yig‘ilishda so‘zga chiqqanlar tomonidan "O‘zbekiston-2030" strategiyasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar, aholi turmush darajasini oshirish va amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini kuchaytirish, shuningdek, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha to‘xtalib o‘tildi va tuman miqyosida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.