2025- yil yanvar-dekabr oylarida dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasida norasmiy va yashirin iqtisodiyotni baholash bo‘yicha o‘tkazilgan statistik kuzatuvlar natijalarini hisobga olgan holda, bozor xizmatlari hajmi 35 196,2 mlrd so‘mni tashkil etdi. 2024- yil mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 113,7 % ni tashkil etib, uning hajmi esa 6 437,4 mlrd so‘mga o‘sishi qayd etildi.




