09/02/2026

2025- yil yanvar-dekabr oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida barcha toifadagi xo‘jaliklardan 16,2 ming tonna uzum yetishtirildi.  O‘sish sur’ati 2024- yilning mos davri bilan solishtirganda 112,7 % ni tashkil etdi.

Uzum yetishtirish koʻrsatkichlarini xoʻjalik toifalari boʻyicha tahlil qilar ekanmiz, uzum yetishtirishning eng katta hajmi – 9,3 ming tonna fermer xo‘jaliklarida qayd etilganligini taʼkidlash lozim.