Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda O‘zbekistonga 19 ta davlatdan qiymati 10,3 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 13 983 tonna arab xurmosi import qilingan.
Import hajmi o‘tgan yilga nisbatan 3,4 ming tonnaga oshgan
2025-yilda O‘zbekistonga eng ko‘p arab xurmosi yetkazib bergan davlatlar:
— Eron – 11 ming tonna
— Tunis – 809,6 tonna
— Turkiya – 416 tonna
— Saudiya Arabistoni – 327,9 tonna
— Qozog‘iston – 229 tonna
— Ozarbayjon – 223,5 tonna
— BAA – 216,9 tonna
— Boshqa davlatlar – 768,7 tonna




