Joriy yilning 18- iyun kuni Amudaryo tumani Xalq ta’limi bo’limida tuman statistika bo‘limi xodimlari tomonidan seminar tashkil etildi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasining 2020- yil 16- martdagi “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qarorining mazmun mohiyati tushuntirildi
Respublikamizda mustaqillik yillarida aholini ro‘yxatga olish tadbiri ilk bor o‘tkazilayotganligini inobatga olib, tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rish va uni sifatli o‘tkazish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qarori bilan respublikamizda aholini ro‘yxatga olish tadbiri 2023- yilda o‘tkazilishi belgilandi.
Aholi xonadonlarining raqamlanish holatlari to‘g‘risida tegishli tushuntirish ishlari olib borilib mazkur mahalla hududidagi xonadon egalaridan xonadon raqamlarini uyning devorlari yoki darvozalariga joylashtirib qo‘yishlari yuzasidan tushuntirish berildi.
Matbuot xizmati