2021- yil II chorak yakunlariga bag’ishlangan Hay’at yig‘ilishda qo’mita raisi tomonidan hududiy statistika boshqarmalarining Axborot xizmati xodimlari faoliyati va ish samaradorligini oshirishga qaratilgan seminarlar tashkil etish vazifasi belgilangan edi. Shundan kelib chiqib, joriy yilning 30- iyul kuni Davlat statistika qo‘mitasi Axborot xizmati tomonidan hududiy boshqarmalar Axborot xizmati xodimlari malakasi va ish samaradorligini oshirishga qaratilgan onlayn seminar o‘tkazildi.
Seminarda Davlat statistika qo‘mitasi Axborot xizmati xodimlari va hududiy statistika boshqarmalari Axborot xizmati hamda boshqarmalarning Ro'yxatga olish jarayonini tashkil etish va o'tkazish bo'limi xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbirda Dаvlаt stаtistikа qo‘mitаsi Axborot xizmati rahbari – Raisning matbuot kotibi, axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abdurasulov Usmon Rustamovich hududiy statistika boshqarmalari Axborot xizmati xodimlarining faoliyati yuzasidan tahliliy va tanqidiy fikr bildirdi.
Shuningdek, tadbir davomida hududiy statistika boshqarmalari Axborot xizmati xodimlariga o‘z kasbiy yo‘nalishi doirasida aholi va ommaviy axborot vositalari xodimlarini o‘z vaqtida va to‘liq xabardor qilish, rasmiy sayt va ijtimoy tarmoqlardagi sahifalarga ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan tahliliy ma'lumotlar joylashtirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tgan seminarda mavjud muammo va kamchiliklar muhokama qilinib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olindi.
Tadbir so‘nggida hududiy statistika boshqarmalari Axborot xizmati xodimlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.
Axborot xizmati