20/08/2021

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning 1- iyul holatiga respublikamizda 83,5 mln. bosh parrandalar mavjud. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda o‘sish sur'ati 104,9 %.

2021- yil yanvar-iyun holatiga jami parrandalarning 11,4 %i fermer xo‘jaliklari, 60,6 %i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari va 28,0 %i qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

 

Hududlar kesimida parrandalar bosh soni:

Qoraqalpog‘iston R. – 4,7 mln. bosh

Andijon – 8,2 mln. bosh

Buxoro – 5,3 mln. bosh

Jizzax – 3,2 mln. bosh

Qashqadaryo – 5,8 mln. bosh

Navoiy – 3,1 mln. bosh

Namangan – 5,3 mln. bosh

Samarqand – 10,6 mln. bosh

Surxondaryo – 4,6 mln. bosh

Sirdaryo – 2,1 mln. bosh

Toshkent – 15,6 mln. bosh

Farg‘ona – 8,8 mln. bosh

Xorazm – 6,2 mln. bosh

Matbuot xizmati