23/08/2021

 Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-iyun oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 916,9 ming dona qorako‘l teri (2020- yilning yanvar-iyuniga nisbatan 4,4 % ga ko‘p) olindi.

Xo‘jalik toifalari o‘rtasida olingan qorako‘l terining eng katta hajmi 760,0 ming dona yoki umumiy hajmidan 82,9 %i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarida qayd etildi.

Olingan qorako‘l terining umumiy hajmiga nisbatan eng yuqori ulush Buxoro viloyatiga (40,6 %) to‘g‘ri keldi. Shu bilan birga, eng past ulush Jizzax viloyatida (0,3 %) kuzatildi.

Matbuot xizmati