Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021- yilning yanvar-avgust oylarida respublikada 1635,4 mlrd. so‘mlik xalq iste’mol tovarlari ishlab chiqarilib, 2020 - yilning yanvar- avgust oylariga nisbatan o‘sish sur’ati 103,1 % ni tashkil etdi.
Shahar va tumanlar kesimida iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarilishining respublika jami hajmidagi eng yuqori ulushi Nukus shahri, Taxiatosh, To‘rtko‘l, Ellikqal’a, Qo‘ng‘irot tumanlariga to‘g‘ri kelib, 55,2 % ni tashkil qilgan.
Iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi yuqori bo‘lgan hududlar:
- Nukus shahri – 333,2 mlrd.so‘m,
- Taxiatosh tumani – 197,7 mlrd.so‘m,
- To‘rtko‘l tumani – 141,4 mlrd.so‘m,
- Ellikqal’a tumani – 120,3 mlrd.so‘m.
- Qo‘ng‘irot tumani – 110,6 mlrd.so‘m,
Matbuot xizmati