Joriy yilning 29- sentabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi Investitsiyalar va qurilish statistikasi bo‘limi xodimlari tomonidan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti talabalariga seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi Investitsiyalar va qurilish statistikasi bo‘limi xodimlari tomonidan «asosiy iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha qurilish ishlari statistikasi», «qurilish ishlari hajmining tarkibi», «qurilish ishlari bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni» yuzasidan tushunchalar berildi.
Tadbir so‘nggida, seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
Matbuot xizmati