30/09/2021

Qoraqalpog’iston Respublikasi statistika boshqarmasida 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tizimda ko‘p yillardan buyon mehnat qilib kelayotgan xodimlar sharafiga bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni boshqarma boshlig‘i  T. Ganiev ochib berib, 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan yurtimizdagi barcha mehribon, zahmatkash va fidoyi ustozlarni, statistika tizimida ko‘p yillardan buyon mehnat qilib yoshlarga o’z kasb sirlarini o‘rgatib kelayotgan xodimlarni kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etdi.

Mazkur bayram munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi statistika boshqarmasi yurtimizdagi barcha ustoz va murabbiylarga mustahkam sog‘lik, oilangizga tinchlik va omonlik, kelgusi faoliyatimiz bundan ham barakali, hayotimiz yanada mazmunli bo‘lishini tilab, samimiy muborakbod etadi.

Matbuot xizmati