2021- yilning yanvar-sentabr oylarida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmini o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 100,6 % ni tashkil etdi.
Jami investitsiyalar hajmida, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 68,7 % va o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davridagi hajmiga nisbatan 97,8 % tashkil etdi.
Mos ravishda, markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 31,3 % va o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 107,4 % tashkil etdi.
Matbuot xizmati