10/12/2021

   2021- yilning yanvar-oktabr oylarida transport xizmatlari hajmi 54 825,0 mlrd. so‘mga teng bo‘lib, ularning o‘sishi 2020- yilning shu davriga nisbatan 17,9 % ni tashkil etdi. Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida ushbu turdagi xizmatlarning ulushi 23,9 % ni tashkil etdi. 2021- yilning yanvar-oktabr oylarida transport xizmatlari umumiy hajmida avtomobil transporti xizmatlarining ulushi 50,0 % dan yuqorini tashkil etdi.

   Taqqoslash uchun: 2020- yil yanvar-oktabr oylarida ushbu transport turi tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlarning ulushi  54,3 %  ni  tashkil etgan.

Matbuot xizmati