Joriy yilning 16- dekabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mo‘ynoq tumani Barkamol avlod xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g’risida"gi 710-son Qarori ijrosi yuzasidan targ’ibot ishlari olib borildi.
Tadbirda Mo‘ynoq tumani statistika bo‘limi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 710-son Qarorining mazmun mohiyati to‘g’risida tushuntirishlar berib, aholini ro‘yxatga olishning maqsadi, ro‘yxatga olishning nima uchun zarurligi hamda qarorda aholini ro‘yxatga olish savolnomalari tasdiqlanganligi tog’risida tushuntirishlar berib o‘tildi.
Aholi xonadonlarining raqamlanish holatlari to‘g‘risida tegishli tushuntirish ishlari olib borilib mazkur mahalla hududidagi xonadon egalaridan xonadon raqamlarini uyning devorlari yoki darvozalariga joylashtirib qo‘yishlari yuzasidan tushuntirish berildi.
Ushbu Qarorda "O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida" nizom, aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish jarayoniga jalb etiladigan shaxslar mehnatiga haq to‘lash miqdori, O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish hamda natijalarini e’lon qilish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlanganligi yuzasidan tushunchalar berildi.
Matbuot xizmati