Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2022- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra, qo‘y va echkilarning umumiy bosh soni 1178,0 ming taga yetdi. 2021– yilning mos davri bilan solishtirilganda, barcha toifadagi xo‘jaliklarda qo‘y va echkilar bosh soni –35,4 ming taga 3,1 % ko‘paydi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha qo‘y va echkilarning umumiy bosh soni, ming bosh
Ma'lumot o‘rnida, 2022- yilning 1- yanvar holatiga ko‘ra, qo‘y va echkilarning bosh soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil etilganda, jami qo‘y va echkilarning 84,1 % dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklariga to‘g‘ri kelishi kuzatildi.
Matbuot xizmati