Oʻzbekistonda 1 km. kv. yer maydoniga qancha aholi toʻgʻri keladi?
2022-yilning 1- yanvar holatiga Oʻzbekistonda 1 km. kv. yer maydoniga oʻrtacha 78,6 nafar doimiy aholi toʻgʻri keladi.
Bu esa, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 1,6 kishiga ortgan (2021-yilda 1 kv. km.ga 77 kishi).
Hududlar boʻyicha 1 km .kv. yer maydoniga toʻgʻri keladigan oʻrtacha aholi soni:
Qoraqalpogʻiston R. – 11,7 kishi
Andijon viloyati – 756,6 kishi
Buxoro viloyati – 49,1 kishi
Jizzax viloyati – 68,1 kishi
Qashqadaryo viloyati – 119,3 kishi
Navoiy viloyati – 9,3 kishi
Namangan viloyati – 394 kishi
Samarqand viloyati – 240,4 kishi
Surxondaryo viloyati – 136,5 kishi
Sirdaryo viloyati – 205,3 kishi
Toshkent viloyati – 192,9 kishi
Fargʻona viloyati – 576,4 kishi
Xorazm viloyati – 318 kishi
Toshkent shahri – 8 035,1 kishi
Matbuot xizmati