Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha 2022- yilning yanvar-fevral oylarida respublika korxonalari tomonidan 2767,9 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2021- yilning yanvar-fevral oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 102,6 % ni tashkil etdi.
Sanoat ishlab chiqarishi tarkibida eng katta ulush ishlab chiqaradigan sanoat hissasiga to‘g‘ri kelib, uning jami sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 84,6 % ni tashkil etdi.
Matbuot xizmati