2022- yil yanvar-fevral oylarida telekommunikatsiya xizmatlari hajmi 2 157,9 mlrd so‘mga yetdi. 2021- yilning yanvar-fevraliga nisbatan o‘sish sur’ati 124,9 % ni tashkil etdi.Taqqoslash uchun: 2021-yil yanvar-fevral oylarida bu ko‘rsatkich 1 708,1 mlrd so‘mni tashkil etib, o'sish 10,0 % darajasida qayd etilgan.Ushbu xizmatlarning eng katta hajmi Toshkent shahrida qayd etilgan – 985,3 mlrd so‘m.
Matbuot xizmati