2022- yilning dastlabki ikki oyida Oʻzbekistonga qiymati 807,6 ming AQSH dollariga teng boʻlgan 1,3 ming tonna xurmo import qilingan.
Xurmo importi hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 478 tonnaga oshgan.
2022- yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston eng koʻp xurmo import qilgan davlatlar:
Eron – 1,2 ming tonna
Turkiya – 40 tonna
Falastin – 35 tonna
Isroil – 23 tonna
BAA – 22 tonna
Saudiya Arabistoni – 20,5 tonna
Axborot xizmati