15/06/2022

    2021-yil yakuniga koʻra, avtomat telefon stansiyasiga ulangan xonadon (statsionar) telefon apparatlari soni 1 297,7 ming birlikka yetib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan oʻsish surʼati 106,2 % ni tashkil etdi.

Telefon stansiyasiga ulangan jami xonadon telefon apparatlarining 92,8 % i (1 204,7 ming birlik) shahar joylarda, qishloq joylarda esa 7,2 % (93,0 ming birlik) ni tashkil etmoqda.

Maʼlumot uchun: Aholining xonadon telefon apparatlari bilan taʼminlanganligi har 100 kishi hisobiga 3,7 birlikni, jumladan, shahar joylarda 6,8 birlikni, qishloq joylarda 0,5 birlikni tashkil etgan.

Axborot xizmati