Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022-yilning yanvar-may oylarida 12 ta davlatga qiymati 22,4 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 18,4 ming tonna gilos eksport qilgan.
Gilos eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 9,3 ming tonnaga kamaygan.
O‘zbekiston 2022-yilning 5 oyida eng ko‘p gilos eksport qilgan davlatlar:
— Rossiya – 7,9 ming tonna
— Qozog‘iston – 6 ming tonna
— Qirg֥iziston R. – 4,2 ming tonna
— Belarus – 102 tonna
— Polsha – 52 tonna
Axborot xizmati